Erkaklarda urugʻ hujayralari — spermatozoidlar miqdorining 70-80 foizi harakatchan, me'yordagi spermatozoidlar soni 60-120 million atrofida boʻladi. Ularning me'yordan kam boʻlishi tibbiyotda oligospermiya xastaligi deb ataladi.

Oligospermiya uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda spermatozoidlar soni 59 milliondan 40 milliongacha, ikkinchi bosqichda 39 milliondan 20 milliongacha, uchinchi bosqichda 19 milliondan 1 milliongacha kamayib ketishi kuzatiladi. Erkaklarda uchraydigan bir qator xastaliklardan tashqari ularning sogʻlom turmush tarziga amal qilmasligi, toʻgʻri ovqatlanmasligi natijasida organizmga kerakli A, E, B, S vitaminlarining etishmasligi tufayli ham oligospermiya yoki urugʻ hujayralarining harakatchanligi pasayib ketishi roʻy beradi. Bu esa bepushtlikni keltirib chiqaradi.
Erkaklardagi prostata bezi ishlab chiqargan shira jinsiy yaqinlashish paytida sekresiya yoʻllari orqali siydik kanaliga oʻtadi va ayni tuxum ortigʻi hamda pufaklarda saqlanib qolgan quyuq holatdagi spermani suyultirib beradi, ularning harakatchanligini oshirib, ishqoriy muhit yaratadi.

Prostatit kasalligi oqibatida prostata bezi shira ishlab chiqarishi kamayadi va tuxumdonda kislotali muhit hosil boʻlishi hisobiga urugʻlar bir-biriga yopishib, spermaaglyuinasiya yuzaga keladi. Natijada urugʻlanish roʻy bermaydi va bepushtlik kelib chiqadi.

Top
Информация предоставляется исключительно в справочных целях. Не занимайтесь самолечением. При первых признаках заболевания обратитесь к врачу Подробнее