Erkaklar salomatligi: 5 ta eng ko‘p uchraydigan muammo
- 549
🧔♂️ Erkaklar sog‘ligiga e’tibor qaratish – oilaviy baxt va kelajak uchun muhim qadamlardan biri. Quyida erkaklar orasida keng tarqalgan 5 ta muammoni keltiramiz:
1️⃣ Erektil disfunktsiya (impotensiya) – jinsiy hayot sifatining pasayishi. Sabablari stress, gormonal buzilish, yurak-qon tomir muammolari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
2️⃣ Prostatit – prostata bezining yallig‘lanishi. Og‘riq, siydik ajratishda muammo va jinsiy faoliyatda pasayish keltirib chiqaradi.
3️⃣ Testosteron yetishmovchiligi – charchoq, kayfiyatning tushishi, mushak massasining kamayishi bilan kechadi.
4️⃣ Bepushtlik – sperma sifatining pastligi yoki yo‘qligi. Bunga ekologik muhit, yomon odatlar, infeksiyalar sabab bo‘ladi.
5️⃣ Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (JYBI) – bexavotir aloqalar oqibati bo‘lishi mumkin. Davolanishga kechikmang!
✅ Esda tuting: har bir muammoni vaqtida aniqlash va davolash mumkin. Buning uchun muntazam urolog/androlog ko‘rigidan o‘tish lozim.