“Spermatozoidlar ‘qizib’ qolmasin: Erkaklar uchun muhim ogohlantirish”
- 652
Erkak jinsiy salomatligining markaziy a’zolaridan biri bu — moyaklar. Ular nafaqat spermatozoid ishlab chiqaradi, balki testosteron ishlab chiqishi orqali butun gormonal muvozanatni boshqaradi. Ammo, kundalik hayotdagi oddiy odatlar – tor kiyim, issiqlik, uzoq vaqt o‘tirish – aynan shu muhim a’zoga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Moyaklar nima uchun tashqarida joylashgan?
Tabiat bu a’zoni bejiz tananing tashqi qismiga joylashtirmagan. Moyaklar sog‘lom ishlashi uchun harorat tana haroratidan 1-2°C pastroq bo‘lishi kerak. Harorat ko‘tarilsa, spermatozoidlar sifati ham, soni ham pasaya boshlaydi.
Issiqlikning zararli manbalari:
🔥 1. Avtomobilda yoki ofisda uzoq vaqt o‘tirish
Uzok o‘tirish vaqtida tananing pastki qismi qiziydi, ayniqsa yumshoq kreslolar va avtomobil o‘rindiqlari bu xavfni oshiradi.
👖 2. Juda tor ichki kiyimlar yoki shimlar
Elastik va tanaga yopishib turadigan kiyimlar havo aylanishini to‘sadi, bu esa moyak atrofida issiqlikni oshiradi.
💻 3. Noutbukni tizzada ushlab ishlash
Noutbukdan chiqayotgan issiqlik bevosita moyaklarga ta’sir qiladi — uzoq muddatda spermatozoid ishlab chiqarilishi kamayadi.
🛁 4. Issiq hammom, sauna va bug‘li dushlar
Tez-tez issiq suvda cho‘milish spermatozoidlarga zarar yetkazishi mumkin. Ayniqsa, har kuni sauna va bug‘li dushda uzoq qolish tavsiya etilmaydi.
Qanday ehtiyot choralari ko‘rish mumkin?
✅ Bo‘shroq va havo o‘tkazuvchi ichki kiyimlardan foydalaning (paxta matolar eng yaxshisi)
✅ Har 1–2 soatda o‘tirishdan so‘ng qisqa tanaffus qiling, yurib chiqing
✅ Noutbukni maxsus taglikda ishlating — tizzangizga qo‘ymang
✅ Sauna yoki issiq vanna haftasiga 1 martadan ko‘p bo‘lmasin
✅ Haroratga bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, androlog ko‘rigidan o‘ting
Moyak sog‘lig‘ining belgilariga e’tibor bering:
Og‘riq, shish yoki rang o‘zgarishi
Bir tomonlama kattalashish yoki kichrayish
Issiqlik yoki og‘irlik hissi
Spermogramma yomonlashuvi (tekshiruv natijasida aniqlanadi)
Xulosa:
Moyaklar erkak salomatligining nozik, ammo juda muhim a’zolaridir. Oddiy hayotiy odatlar – noto‘g‘ri kiyim, issiqlik, uzoq o‘tirish – ularning sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi. Erkaklik kuchini saqlab qolish uchun, moyaklarga sharoit yarating — sovuqlik, erkinlik va havo!